21 kunlik erkaklar marafoni

Maqsadni odatga aylantiring

Jonli darslar, har kungi 8 ta odat, koordinator nazorati va birodarlar jamoasi. Hammasi bitta Telegram botda — qo'shimcha ilova o'rnatmasdan.

21kun10+1jonli dars7ustoz8kunlik odat

Qabul yopilishiga:

--kun
--soat
--daq
--son

Oqim 4-noyabrda boshlanadi · qabul 3-noyabr 23:59 gacha (Toshkent vaqti)

Focus Club bot06:00
☀️ 5-kun / 21

«Sabr — kalit»
— Maqol

📚 Bugungi dars
Diqqatni jamlash · 20:00

✅ Bugungi odatlar
1. Quyoshdan oldin uyg'onish
2. Iliq suv ichish
…
✅ Odatlarni belgilash
Belgilash
🌟 Kun yopildi
Barakalla! Bugun hamma odatni bajardingiz.
Kechagidan +2 ball (▲ 40%)

Namuna: bot ertalab va kun oxirida shunday yozadi

Yo'l

Hamjamiyatdan Klubgacha

Odat uchta tayanchga suyanadi: Ilm — ustoz, Intizom — koordinator, Muhit — jamoa.

Hamjamiyat

Birodarlar guruhi, har kuni yoningizda odamlar bor.

Maqsad

Birinchi darsda «B nuqta»ni belgilaysiz: qayerga yetmoqchisiz.

Odat

21 kun, har kuni 8 odat: tanangiz, fikringiz va kuningiz tartibga tushadi.

Klub

Eng faol ishtirokchilar bitiruvdan keyin yopiq Klubga taklif qilinadi.

Dastur

10 ta jonli dars va bitiruv uchrashuvi

Darslar Zoom yoki Google Meet'da jonli o'tadi, savol-javob bilan. Har dars yozib olinadi va dars sahifasiga joylanadi — o'tkazib yuborsangiz ham ko'rasiz.

№MavzuUstozSana
1To'g'ri maqsad qo'yish va unga erishishNe'matULLOH O'ktamove'lon qilinadi
2Odatlarni shakllantirish va rivojlantirishAbdulaziz Muhammade'lon qilinadi
3Time management va Power managementSunnatULLOH Abbosove'lon qilinadi
4Diqqatni jamlashAbduhakim Orifjonove'lon qilinadi
5Ilm olish sirlariNe'matULLOH O'ktamove'lon qilinadi
6Buyuklar himmatiAhadquli Xolmuhammad o'g'lie'lon qilinadi
7Liderlik san'atiSunnatULLOH Abbosove'lon qilinadi
8Yomon odatlardan voz kechish va yaxshi odatlarni shakllantirishSirli mehmone'lon qilinadi
9SuhbatMuhammad Ali Eshonqulove'lon qilinadi
10Nutqni rivojlantirishAbdULLOH Hasaniye'lon qilinadi
11Oflayn Maxsus uchrashuv — bitiruv marosimi bilan—e'lon qilinadi

Dars sanalari ro'yxatdan o'tganlarga botda va ilovada e'lon qilinadi; vaqt o'zgarsa avtomatik xabar keladi.

Ustozlar

MA
Muhammad Ali EshonqulovSuhbat
AX
Ahadquli Xolmuhammad o'g'liBuyuklar himmati
AM
Abdulaziz MuhammadOdatlarni shakllantirish
SA
SunnatULLOH AbbosovTime & Power management, Liderlik
AO
Abduhakim OrifjonovDiqqatni jamlash
AH
AbdULLOH HasaniyNutqni rivojlantirish
NO
Ne'matULLOH O'ktamovMaqsad qo'yish, Ilm olish sirlari
?
Sirli mehmonIsmi dars oldidan ochiladi

Har kuni 8 ta odat

01
Quyoshdan oldin uyg'onish
02
Iliq suv ichish
03
Kunni ehson bilan boshlash
04
10.001 qadam piyoda yurish
05
Kunni rejalashtirish
06
Telefondan parhez
07
Mutolaa
08
Fikrlarni qog'ozga tushirish

Har odatning mezoni va «qanday qilish» yo'riqnomasi ilovada ko'rinadi. Belgilash: o'sha kun yoki ertasi 12:00 gacha.

Kun tartibi

Kurs davomida har kuni nima bo'ladi

Bot sizni eslatib turadi, siz faqat bajarasiz va belgilaysiz.

  • Ertalabki xabar
    Kun raqami, kun hikmati, bugungi dars va 8 odat ro'yxati. Vaqtni o'zingiz o'zgartirasiz.
  • Odatlarni belgilash
    Botdagi tugma yoki ilovada bitta bosish. Ikki marta bossangiz ikki ball berilmaydi.
  • Jonli dars
    Oldingi kuni 20:00, 1 soat va 10 daqiqa oldin eslatma. «Qo'shilish» tugmasi dars oldidan ochiladi.
  • Kun yakuni
    Belgilanmagan odatlar tugmalar bilan, kunlik hisobot eslatmasi.
  • Maqtov va «kechagidan»
    8/8 bo'lsa darhol, aks holda 22:00 da. Kechagidan necha ball yaxshi ekaningiz ko'rsatiladi — boshqalar bilan emas, faqat o'zingiz bilan solishtirasiz.
  • Yozuv va 10 xulosa
    Yozuv dars sahifasiga joylanadi; ustozning eng muhim 10 xulosasi botga keladi.

21 kun davomida

1-kunStart, birinchi odatlar va maqsad
7-kun1-hafta kartasi (brend rasm)
14-kun2-hafta natijasi, seriya mukofoti
21-kunYakuniy xulosa va diagnostika

Seriya 3, 7, 14 va 21 kunga yetsa alohida maqtov keladi. Qiyin kunlar ham bo'ladi — shunda xabar qo'llab-quvvatlaydi, tanqid qilmaydi.

Imkoniyatlar

Bot, ilovalar va koordinator paneli

Bir xil hisob — istalgan joydan: ma'lumotlaringiz hamma joyda sinxron.

  • Ro'yxatdan o'tish va to'lov — ism, telefon (Telegram kontakti), promokod; narx bosqichi avtomatik.
  • Odatlar — /odatlar: 8 odat tugmalar bilan, xabar joyida yangilanadi. Uyqu va kayfiyat — ixtiyoriy.
  • Hisobot — dars videosini yoki kunlik hisobotni botning o'ziga yuborasiz (katta video — Mini App'ga havola).
  • Dars rejasi — /reja: sana, ustoz, holat. Dars oldidan eslatmalar va «Qo'shilish» havolasi.
  • O'sishim — /osish: kechagidan ▲/▼, 7 kunlik chiziq, rekord kun. /hikmat — kun hikmati.
  • Natija va reyting — /natija, /reyting; sherik — /sherik bilan «Qo'zg'at».
  • AI yordamchi — /tahlil kunlik/haftalik xulosa, /maslahat savol-javob, /test dars testi.
  • Xabarlar — ertalabki xabar, maqtov, darsdan 10 xulosa, haftalik karta.
Focus Club bot/osish
📈 Mening o'sishim

Bugun: 7 ball
Kecha: 5 ball
Kechagidan: ▲ +2 (40%)

7 kun: ▃▄▅▅▆▇█
🏆 Rekord kun: 12.11 — 9 ball
/hikmat
📖 Kun hikmati · 5-kun
«…»
— manba
  • Bugun — kun hikmati, 8 odat, «Mening o'sishim», kun yopilgach «Kun yopildi» kartasi.
  • Darslar — 10+1 dars jadvali, «Qo'shilish», dars yozuvi (yuklab olish yo'q), dars taqdimoti.
  • Har darsdan 10 xulosa — tasdiqlangach ko'rinadi; sevimlilarga saqlaysiz.
  • Kalendar — darsni Google Calendar yoki .ics bilan qo'shish.
  • Ustozlar va Birodarlar — ustozlar kartalari; birodarlar ro'yxati (ixtiyoriy, telefonsiz).
  • Treker va natija — oflayn ham ishlaydi, ulanganda sinxron; reyting; Klub belgisi.
  • Sozlamalar — ertalabki xabar vaqti, eslatma turlari, uyg'onish eslatmasi, hisobni o'chirish.
Bugun5 / 21
Kun hikmati
«Namuna matn»
8 odat
Mening o'sishim
▲ +2
  • Keyingi oqimda iOS va Android ilovasi: birinchi oqim bot va Mini App orqali o'tadi.
  • Telegram orqali kirish — parolsiz: kod botga keladi, ilova kodni o'zi ochadi.
  • Oflayn treker — internetsiz belgilaysiz, ulanganda yuboriladi.
  • Push va lokal eslatmalar — dars, hisobot muddati, kun yakuni.
  • Video hisobot — ilova ichida yozib yuborasiz, uzilsa davom etadi.
  • Hisobni o'chirish — ilova ichida; 7 kun ichida bekor qilsa bo'ladi.
Focus 21iOS · Android
Bugun · 5-kun
📚 Jonli dars — 20:00
Qo'shilishKalendar
  • Hisobotlar navbati — video, rasm, ovoz, matn; baho 1–5 va shablon izohlar, ovozli izoh.
  • Guruhim — har ishtirokchining holati: yashil / sariq / qizil, seriya, qarzlar.
  • Qizil holat xabari — kimga e'tibor kerakligi o'zi ko'rinadi.
  • Guruhga xabar va shaxsiy xabar.
  • Statistika — koordinator guruhi bo'yicha.
  • Kontent va sozlamalar (administrator) — dars sanasi, ustoz, havola, yozuv, kun hikmati, maqtov matnlari, eslatmalar, narx va ball qoidalari: deploy'siz o'zgaradi.
KoordinatorGuruhim
🟢 Ishtirokchi A — seriya 6
🟡 Ishtirokchi B — 1 qarz
🔴 Ishtirokchi C — 3 kun treker bo'sh
Hisobot №14 · video 1:32
QabulQaytarish⭐ 1–5

Ekranlar — namuna. Ishtirokchi nomlari xayoliy.

Natija

Nima olasiz

Tartibli kun

8 odat 21 kun: jami 168 ta belgi. Har biri ball beradi.

Ustozlardan ilm

10 jonli dars, yozuv va har darsdan 10 ta aniq xulosa.

Koordinator nazorati

Hisobotingizni inson ko'radi, baho va izoh beradi.

Ball va reyting

Odat 1 ball, kunlik hisobot 1, darsda qatnashish 3, dars hisoboti — baho 1–5.

Birodarlar va Klub

Oflayn bitiruv uchrashuvi; eng faollar yopiq Klubga tanlanadi.

Sovg'alar

Sumka, do'ppi, daftar va ruchka — narx ichida.

Narx

Erta qo'shilsangiz — arzon

1-bosqich
790 000
so'm · 29-oktabr 23:59 gacha
2-bosqich
890 000
so'm · 1-noyabr 23:59 gacha
3-bosqich
990 000
so'm · 3-noyabr 23:59 gacha
  • 10 ta onlayn jonli dars va yozuvlar
  • 1 ta oflayn uchrashuv, bitiruv marosimi
  • Koordinator nazorati
  • Dars taqdimotlari va qo'llanmalar
  • Sovg'alar: sumka, do'ppi, daftar, ruchka
  • Bonus: «100 yillik strategiya» — hammaga
Botda ro'yxatdan o'tish

Promokodingiz bo'lsa botda kiritasiz; chegirma narxga avtomatik qo'llanadi. To'lov usuli botda ko'rsatiladi.

Savol-javob

Hamma savollarga javob

Bu kurs kimlar uchun?

21 kunlik erkaklar rivojlanish dasturi: maqsadini aniqlab, uni kundalik odatlarga aylantirmoqchi bo'lganlar uchun.

Qachon boshlanadi va qancha davom etadi?

Oqim 4-noyabrda boshlanadi va 21 kun davom etadi. Qabul 3-noyabr 23:59 (Toshkent) da yopiladi.

Kuniga qancha vaqt ketadi?

8 ta odatni belgilash o'zi bir necha daqiqa; odatlarning o'zi (uyg'onish, suv, qadam, mutolaa, reja, yozuv) kun ichida bajariladi. Dars — ustoz bilan jonli, vaqti e'lon qilinadi.

8 ta odat qaysilar?

Quyoshdan oldin uyg'onish, iliq suv ichish, kunni ehson bilan boshlash, 10.001 qadam yurish, kunni rejalashtirish, telefondan parhez, mutolaa va fikrlarni qog'ozga tushirish. Har birining mezoni ilovada ko'rsatiladi.

Koordinator nima qiladi?

Guruhingizni kuzatadi, hisobotlaringizni ko'rib baho (1–5) va izoh beradi, qiyin paytda bog'lanadi. Siz «Intizom» tayanchini aynan u bilan olasiz.

Darslar qayerda va qanday o'tadi?

Zoom yoki Google Meet'da jonli, savol-javob bilan. «Qo'shilish» tugmasi dars boshlanishidan 10 daqiqa oldin faollashadi; havola faqat to'lagan ishtirokchiga ko'rinadi.

Darsni o'tkazib yuborsam nima bo'ladi?

Dars yozib olinadi va o'sha dars sahifasiga joylanadi. Yozuvni ko'rsangiz (80% va undan ko'p) qatnashgan hisoblanasiz. Yozuvni yuklab olib bo'lmaydi.

Dars sanalari qachon e'lon qilinadi?

Sana va vaqt tayyor bo'lishi bilan botda va ilovada ko'rinadi; o'zgarsa avtomatik xabar keladi. Hozircha jadvalda «e'lon qilinadi» deb turibdi.

10 ta xulosa nima?

Har darsdan eng muhim 10 fikr. Tekshirilib tasdiqlangach botga bitta xabar bo'lib keladi va dars sahifasida kartalar ko'rinadi.

Oflayn uchrashuv qayerda?

11-uchrashuv — oflayn, bitiruv marosimi bilan. Manzil va vaqt e'lon qilinganda ilovada xarita havolasi bilan ko'rsatiladi.

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Telegram'da @focus_club1_bot ni oching, «Start» bosing, ismingizni yozing va «Kontaktni ulashish» tugmasi bilan telefonni tasdiqlang. Keyin to'lov havolasi keladi.

Ilova o'rnatish shartmi?

Yo'q. Birinchi oqim Telegram bot va Mini App orqali o'tadi: o'rnatish kerak emas. Mobil ilova keyingi oqimda ishga tushadi.

Odatlarni qanday belgilayman?

Ertalabki xabardagi tugma, /odatlar buyrug'i yoki Mini App'dagi «Bugun» ekrani — hammasi bitta yozuvga tushadi. Kecha uchun ertasi 12:00 gacha belgilash mumkin.

Eslatmalarni sozlasam bo'ladimi?

Ha: ertalabki xabar vaqti, eslatma turlari va uyg'onish eslatmasini Profil sozlamalarida o'zgartirasiz. Jim soatlarda (22:30–06:00) xabar kelmaydi. Faqat hisobot muddati eslatmasini o'chirib bo'lmaydi.

Internet bo'lmasa-chi?

Treker oflayn ishlaydi: belgilaringiz qurilmada saqlanadi va internet kelganda yuboriladi.

AI yordamchi nima beradi?

/tahlil — kunlik va haftalik xulosa sizning o'z raqamlaringiz bilan; /maslahat — dastur mavzularida savol-javob. U baho qo'ymaydi va koordinatorning o'rnini bosmaydi; ism va telefoningiz AI'ga yuborilmaydi.

Narx qancha?

Sana bo'yicha: 29-oktabrgacha 790 000, 1-noyabrgacha 890 000, 3-noyabrgacha 990 000 so'm. Narxga darslar, oflayn uchrashuv, koordinator nazorati, taqdimotlar, sovg'alar va bonus kiradi.

Promokod qanday ishlaydi?

Ro'yxatdan o'tishda botda kiritasiz; chegirma foizi narxga qo'llanadi, summa 1000 so'mgacha yaxlitlanadi. Kod har safar serverda tekshiriladi.

«100 yillik strategiya» bonusi kimga?

Barcha to'lagan ishtirokchiga.

Pul qaytariladimi?

Shartlar ommaviy oferta hujjatida yoziladi (oferta). To'lashdan oldin o'qib chiqing.

Ball qanday hisoblanadi?

Odat belgisi — 1 ball, kunlik hisobot — 1, darsda qatnashish — 3, dars hisoboti — koordinator bahosi 1–5 (kechiksa yarmi). Qo'lda tuzatish faqat administratordan va izoh bilan.

«Kechagidan» nima?

Bugungi va kechagi ballingiz farqi: masalan «▲ +2 (40%)». Faqat o'zingiz bilan solishtirasiz — boshqalar bilan emas.

Reytingda ismim ko'rinadimi?

Reyting umumiy, lekin ismingizni yashirish tanlovi bor — shunda «Ishtirokchi №…» deb ko'rinasiz.

Klubga kimlar kiradi?

Oqim oxirida eng faol ishtirokchilar (TOP) orasidan tanlanadi; profilda «Klub a'zosi» belgisi chiqadi.

Telefon raqamim boshqalarga ko'rinadimi?

Yo'q. Telefon hech qachon boshqa ishtirokchiga ko'rsatilmaydi. «Birodarlar» ro'yxati standart yashirin; faqat o'zingiz yoqsangiz va faqat o'zingiz tanlagan maydonlar (masalan ism, shahar) ko'rinadi.

Hisobimni o'chirsam bo'ladimi?

Ha, ilova yoki Mini App Profilidan. So'rovdan keyin 7 kun bekor qilish imkoni bor, so'ng ma'lumotlar o'chadi.

Maxfiylik siyosati qayerda?

Maxfiylik siyosati va oferta sahifalarida.

Javob topilmadi. Savolingizni botda yozing.